Back

Zo‘r dizayn qanaqa bo‘ladi

Ha, bilamiz, zo‘r dizayn zo‘r bo‘ladida. Chiroyli bo‘ladi, qulay bo‘ladi, odam maza qilib ishlatadi” deyishingiz mumkin. Aslida ham shunday. Lekin bu sohadagi mutaxassis sifatida boshqa tarafdan yondashib ko‘rsakchi?

“Ha, bilamiz, zo‘r dizayn zo‘r bo‘ladida. Chiroyli bo‘ladi, qulay bo‘ladi, odam maza qilib ishlatadi” deyishingiz mumkin. Aslida ham shunday. Lekin bu sohadagi mutaxassis sifatida boshqa tarafdan yondashib ko‘rsakchi?

Aziz Rahimovning “Zo‘r ishlar qanday qilinadi?” nomli inshosidan olgan xulosalarim asosida bu postni yozdim. Inshoda nega qilayotgan ishimizni zo‘r qilishimiz ishxonadan ko’ra ko’proq o‘zimizga foydali ekanligi (hatto ishxonada bizni yetarlicha qadrlashmasa ham) va qanday qilib qilayotgan ishimizni yaxshiroq qilishimiz mumkinligi, ishimizni yaxshiroq qilishimiz oxir-oqibat bizga nima olib kelishi haqida gap ketadi.

Aziz Rahimov “ishni qanday qilib zo‘r qilamiz” degan savolga qilayotgan ishimizni qismlarga bo‘lish va har birini yaxshiroq qilishga harakat qilish kerak deb javob beradi.

Insho menga juda foydali bo‘ldi. Maksimum foyda olish uchun o‘z qilayotgan ishimni qanday qilib zo‘r qilsam bo‘ladi degan savolga javob izladim.

Hozirda Alif Uzbekistan’da mahsulot dizayneri bo‘lib ishlayman. Qiladigan ishim Alif superappi uchun interfeys dizaynini chizishdan iborat. Demak, men quyida yozadigan tahlil o‘z mahsulotiga ega kompaniyada doimiy shtatda ishlaydigan mahsulot dizayneri uchun bo‘ladi. Frilans dizaynerlar, independent dizaynerlar, grafik dizaynerlar, shablon qilib sotadigan dizaynlar va boshqa turdagi dizaynerlar uchun farq qilishi mumkin.

Demak, o‘zimcha ishimni 4 ta tarkibiy qismlarga bo‘lib oldim.

Bu tarkibiy qismlar:

1. Figmadagi sifatli maket

Bu degani Figmada (Sketch, XD larni hech kim ishlatmasayam kerak hozir) shunday chizishki:

  • Dizaynerning o‘zi uchun qulay, ishini tezlashtiradigan;

  • Boshqa dizaynerlarga (qanchadir vaqtdan keyin ham) tushunarli, seksiyalar qo‘shish/olib tashlash oson bo‘lishi;

  • Butun maket davomida elementlar konsistent (bir xil) bo‘lishi;

  • Takrorlanadigan elementlar komponentga olingan, bir vaqtning o‘zida komponentlar va ularning variantlari to‘g‘ri strukturalangan;

  • Potensial xatolar oson to‘g‘rilanadigan;

  • Elementlar va sahifalar to‘g‘ri nomlangan;

  • Chizilgan sahifalar to‘g‘ri tartiblangan;

  • Umumiy qoidalarga bo‘ysunadigan;

  • Jamoadagi boshqa dizaynerlar uchun yo‘riqnomalar qilingan;

  • Agar loyiha katta bo‘lsa qoidalari bo‘yicha dizayn-sistema qilingan, undagi o‘zgarishlar qayd etib boriladigan;

2. Dasturchilar uchun qulay

Chizgan dizaynerlarimizga “hayot berish” jarayoni dasturchilarning qo‘lidan o‘tadi. Dizaynimiz “toza” bo‘lishi ularning ishini tezlashtiradi va o‘z navbatida funksiya tezroq relizga chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu biznes uchun ham foydali.

  • Har xil keyslar hisobga olingan (server error, loading, failed to fetch, empty state);

  • Light/dark mode’larda (agar bo‘lsa) ranglar buzilib ketmaydigan;

  • Interaction, animatsiyalar va transitionlar konsistent, aniq ko‘rsatilgan, barcha holatlari bor va tushunarli bo‘lishi;

  • Qiyinroq animatsiyalar bo‘lsa dasturchilar qiynalmasligi uchun lottie fayl ko‘rinishida berilishi;

  • Tekstlar, ranglar style’larga olingan bo‘lishi (bu dizaynerning ham, dasturchilarning ham ishini osonlashtiradi);

  • Dasturchilarda ortiqcha savol tug‘dirmaydigan (bu sekin-asta dasturchilarning savollariga javob berish bilan rivojlanadi);

  • Kerak nuqtalarda instruksiyalar berilgan;

  • Fayl strukturasi mantiqiy ketma-ketlikka qo‘yilgan, kerak sahifani topib olish oson bo‘lgan;

3. Foydalanuvchi tomon.

Dizayn birinchi navbatda foydalanuvchi uchun qilinadi va ular har doim dizaynerning hayolida birinchi o‘rinda turishi kerak.

  • Ilova auditoriyasi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun sodda va foydalanishga qulay;

  • Kerak funksiya tez va oson topiladigan;

  • Ularning haqiqiy (biz o‘zimiz o‘ylab topmagan) muammosini to‘g‘ri yechadigan;

  • Ular tushunmovchiliksiz va maza qilib ishlatadigan;

  • Har xil qurilma (telefon [crossOS], kompyuter, planshet) va sharoitlarga (accessibility, color contrast, cheklangan vaqt) mos keladigan;

4. Biznes tomon.

Bizga oylik to‘laydigan tomon bu biznes. Demak, dizayn biznes tomonning ham so‘rovlariga quloq tutishi kerak.

  • Tashrif buyuruvchilarni yaxshi convert qiladigan;

  • Biznesga bevosita/bilvosita foyda olib keladigan;

  • Ko‘proq odamlarni yuklab olishga undaydigan, yuklab olganlarni ro‘yxatdan o‘tishga, ro‘yxatdan o‘tganlarni karta qo‘shishga, karta qo‘shganlarni tranzaksiya qilishga, tranzaksiya qilganlarning yana qaytib kelishiga, ekosistemaning boshqa mahsulotlaridan ham foydalanishga undaydigan;

  • Biznes berayotgan offerlar haqida interfeysda aniq va tushunarli ma’lumot beradigan;

Har bir punkt alohida izoh talab qilsa kerak. Lekin buyog‘i o‘ta spetsifik bo‘lgani uchun alohida izohlab o‘tirishni shart emas deb bildim.

Ba’zi nuqtalar esimdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik esimga tushsa yoki tushunib yetsam to‘ldirib qo‘yarman.

Bular asosan hard skill’lardir. Yaxshi dizayner bo‘lish uchun soft skillarimiz ustida ham ishlashimiz kerak. Ular haqida alohida yozarman.

Endi bu qismlarni yaxshilashimiz qachon bo‘lishi kerak degan savol tug‘iladi. Ish vaqtidami yo ishdan keyin. Aziz Rahimov bu savolga ishdan keyin deb javob beradi va javobini quyidagicha izohlaydi:

Xo‘sh, tarkibiy qismlarni ajratib oldik. Endi nima qilaman? Figmadagi maketlarimni sifatli qilishdan boshlayman va bir chekadan davom etib ketaveraman.